Детали новости
Главная страница Новости Детали новостиDehqonobod kaliy zavodi rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazildi
Joriy yilning 3-iyun kuni “Qarshi MTU” filiali boshlig‘i o‘rinbosari hamda “Temiryo‘lkargo” AJ Qarshi filiali boshlig‘i ishtirokida Dehqonobod kaliy zavodi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining tadbirkorlarning murojaatlari, muammo va takliflarini tizimli o‘rganish hamda ularni joyida hal etishga qaratilgan 136-UN-sonli farmoyishi ijrosi doirasida tashkil etildi. Muloqot davomida korxona faoliyatida uchrayotgan dolzarb masalalar, yuk tashish jarayonlarini yanada takomillashtirish, hamkorlikni kengaytirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha fikr va takliflar muhokama qilindi. Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Присоединяйтесь к нашему Telegram-каналу и
воспользуйтесь удобствами
Статусы документов, поздравления, напоминания и уведомления в реальном времени - все это будет приходить вам вовремя через Telegram-канал!
UZ
EN