Kitob, Tanxoz stansiyasi boshliqlarining 2022-yilning 6 oyi davomida bajarilgan ishlari hamda 2022-yil davomida bajarilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlari to'g'risida hisobot yig'ilishi bo'lib o'tdi.

news photot

2022-yil 14-iyul kuni “Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli” UK ma’muriy binosida “Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli” UK boshlig‘i o‘rinbosari Q.M.Musurmonov tomonidan “Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli” UKga qarashli Kitob, Tanxoz stansiyasi boshliqlarining 2022-yilning 6 oyi davomida bajarilgan ishlari hamda 2022-yil davomida bajarilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlari to'g'risida hisobot yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig’ilishda stansiya boshliqlarining mehnat muhofazasi va harakat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha bajarilgan ishlar, yuk ortish rejasining bajarilishi, yangi mijozlar bilan ishlash bo’yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlari hamda kelgusida mijozlarga xizmat sifatini oshirish bo’yicha reja va takliflari tinglandi.

news photot news photot