Yangilik tafsiloti
Bosh sahifa Yangiliklar Yangilik tafsilotiHarakat xavfsizligi doimiy nazoratda
Joriy yilning 22-sentabr kuni "Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli" filiali boshlig‘i M.X. Mirzayev boshchiligida harakat xavfsizligini ta'minlash hamda infratuzilma obyektlarida olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish maqsadida Qamashi stansiyasida amaliy o‘rganishlar o‘tkazildi. Qamashi stansiyasi binosi hamda stansiya hududida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya va obodonlashtirish ishlari to'liq ko'zdan kechirildi. Hozirda stansiya binosi zamonaviy me'moriy talablar asosida qayta ta'mirlanib, yo‘lovchilar va temir yo‘l xodimlari uchun yanada qulay sharoitlar yaratilmoqda. Stansiya atrofi obodonlashtirilib, hududning tashqi ko‘rinishini yanada yaxshilash ishlari olib borilmoqda.
Telegram kanalimizga qo'shiling va
qulayliklardan bahramand bo'ling
Hujjat holatlari, tabriklar, eslatmalar va real-time bildirishnomalar — barchasi sizga Telegram kanali orqali o'z vaqtida yetib boradi!
RU
EN