Tilni tanlash
Ko'rinish va Ob-havo
KO'RINISH
Ob-havo - Qarshi
--°C
Yuklanmoqda...
Namlik: --%
Shamol: -- m/s
So'nggi yangilanish: hozir
Biz bilan bog'lanish
Obuna bo'ling

Yangilik tafsiloti

Bosh sahifa Yangiliklar Yangilik tafsiloti

Harakat xavfsizligi doimiy nazoratda

Joriy yilning 19-oktabr kuni “Qarshi MTU” filiali rahbari M.X. Mirzayev tomonidan joylarda harakat xavfsizligini ta’minlash, korxonalarda ish jarayonlarini samarali tashkil etish hamda mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish maqsadida navbatdagi nazorat tekshiruvi o‘tkazildi. Nazorat tadbirlari davomida bir qator ishlab chiqarish obyektlari va temir yo‘l infratuzilmasi holati joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. ➖ Qashqadaryo stansiyasi Stansiyada poyezdlar harakatini tashkil etish, harakat xavfsizligini ta’minlash, stansiya yo‘llari va tegishli qurilmalarning holati, shuningdek, xodimlar tomonidan texnologik jarayonlar hamda xizmat intizomiga rioya etilishi nazorat qilindi. Harakat xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillarning oldini olish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. ➖“Qashqadaryo yo‘l mashina stansiyasi” filiali Mazkur korxonada yo‘l xo‘jaligiga tegishli texnika va mexanizmlarning texnik holati, ularning ishga shayligi, ishlab chiqarish jarayonlarining tashkil etilishi hamda belgilangan vazifalar ijrosi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, temir yo‘l yo‘llarini soz holatda saqlash, yo‘l xo‘jaligida xavfsizlik talablariga rioya etish va mavjud texnik imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi. ➖ Qashqadaryo vagonlarga texnik xizmat ko‘rsatish punkti Vagonlarga texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlari, ularning texnik holatini tekshirish, nosozliklarni o‘z vaqtida aniqlash hamda vagonlarni harakat tarkibiga xavfsiz holatda chiqarishga qaratilgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Texnik xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, belgilangan me’yor va talablar asosida ishlash hamda xodimlarning mas’uliyatini kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi. ➖ 3-kilometr va 4130-kilometrdagi qo‘riqlanadigan temir yo‘l kesishmasi Mazkur temir yo‘l kesishmasida transport vositalari va poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar, kesishma navbatchisining xizmat vazifalarini bajarishi va hushyorligi, ogohlantiruvchi belgilar va xavfsizlik vositalarining holatiga alohida e’tibor qaratildi. Kesishmadan foydalanuvchilar uchun xavfsiz sharoit yaratish hamda belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy rioya etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Tekshiruv yakunlari bo‘yicha mas’ul rahbar va xodimlarga belgilangan talablar ijrosini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, texnologik va mehnat intizomini mustahkamlash hamda harakat xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Telegram Channel Preview

Telegram kanalimizga qo'shiling va
qulayliklardan bahramand bo'ling

Hujjat holatlari, tabriklar, eslatmalar va real-time bildirishnomalar — barchasi sizga Telegram kanali orqali o'z vaqtida yetib boradi!