Tilni tanlash
Ko'rinish va Ob-havo
KO'RINISH
Ob-havo - Qarshi
--°C
Yuklanmoqda...
Namlik: --%
Shamol: -- m/s
So'nggi yangilanish: hozir
Biz bilan bog'lanish
Obuna bo'ling

Yangilik tafsiloti

Bosh sahifa Yangiliklar Yangilik tafsiloti

Harakat xavfsizligi kuni

Joriy yilning 23-sentabr kuni “Qarshi MTU” filiali rahbari M.X. Mirzayev tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi topshirig‘i ijrosini ta’minlash, temir yo‘l transportida harakat xavfsizligini yanada mustahkamlash hamda korxonalardagi ish jarayonlarini nazorat qilish maqsadida navbatdagi nazorat tekshiruvi o‘tkazildi. Nazorat tadbirlari Qarshi lokomotiv deposi, Qarshi temir yo‘l masofasi filiali hamda 4301-tiklash poyezdida amalga oshirildi. 🚂 Qarshi lokomotiv deposi Nazorat davomida lokomotivlarning texnik holati, ularning belgilangan ekspluatatsiya me’yorlariga muvofiqligi, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarining sifati atroflicha ko‘rib chiqildi. Lokomotiv brigadalarining xizmat vazifalarini bajarish tartibi, mehnat va texnika xavfsizligi talablariga rioya etishi, shuningdek, harakat xavfsizligini ta’minlash borasidagi mas’uliyati alohida nazoratga olindi. Shuningdek, depo ta’mirlash sexlaridagi ishlab chiqarish jarayonlari, ehtiyot qismlar bilan ta’minlanganlik darajasi, ish joylaridagi mehnat sharoitlari va ishlab chiqarish samaradorligi o‘rganildi. Depo ishchi-xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi. Muloqot davomida mehnat sharoitlarini yaxshilash, xodimlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ishlab chiqarish jarayonida yuzaga kelayotgan masalalarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🛤 Qarshi temir yo‘l masofasi filiali Korxonaning bino va inshootlari, ishlab chiqarish hududi hamda ish joylaridagi holat ko‘zdan kechirildi. Temir yo‘l infratuzilmasining sozligi, belgilangan texnik talablarga rioya etilishi, xodimlarning mehnat va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishi bilan bir qatorda, hududlarda tozalik, obodonlashtirish va sanitariya holatiga ham alohida e’tibor qaratildi. 🚨4301-tiklash poyezdi Nazorat jarayonida 4301-tiklash poyezdining texnik holati, maxsus texnika va jihozlarning sozligi, ularning belgilangan talablar asosida saqlanishi hamda favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilishga tayyorgarligi o‘rganildi. Shuningdek, poyezd jamoasining xizmat vazifalarini bajarish tartibi, mehnat va texnika xavfsizligi talablariga rioya etishi, mavjud jihozlardan foydalanish holati hamda hududning obodonlashtirilganlik darajasi ko‘rib chiqildi. Tekshiruv yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolarning oldini olish, mehnat va texnika xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Telegram Channel Preview

Telegram kanalimizga qo'shiling va
qulayliklardan bahramand bo'ling

Hujjat holatlari, tabriklar, eslatmalar va real-time bildirishnomalar — barchasi sizga Telegram kanali orqali o'z vaqtida yetib boradi!