Tilni tanlash
Ko'rinish va Ob-havo
KO'RINISH
Ob-havo - Qarshi
--°C
Yuklanmoqda...
Namlik: --%
Shamol: -- m/s
So'nggi yangilanish: hozir
Biz bilan bog'lanish
Obuna bo'ling

Yangilik tafsiloti

Bosh sahifa Yangiliklar Yangilik tafsiloti

QARSHI VAGON DEPОSIDA ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARI VA RAQAMLASHTIRISH LOYIHALARI O‘RGANILDI

Joriy yilning 20-oktabr kuni “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali rahbari M.X.Mirzayev va “Temiryo‘lkargo” AJ Qarshi filiali boshlig‘i A.I. Arslonov tomonidan Qarshi vagon deposida ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish, ta’mirlash ishlarining sifatini oshirish hamda zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalariga bag‘ishlangan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida vagon deposining tarkibiy bo‘limlari, ta’mirlash sexlarining joriy holati, vagonlarni ta’mirlash jarayonlarining tashkil etilishi hamda ishlarning belgilangan texnologik talablar asosida bajarilishi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ishlab chiqarish maydonlaridagi mavjud sharoitlar, ish jarayonlarining samaradorligi va texnik hujjatlarning yuritilishi atroflicha tahlil qilindi. Korxonada texnologik jarayonlarni raqamlashtirish yo‘nalishida ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilayotgan loyihalar bilan ham yaqindan tanishildi. Ushbu loyihalarning ishlab chiqarish jarayonlarini tezkor boshqarish, ma’lumotlar almashinuvini takomillashtirish, ish samaradorligini oshirish hamda inson omili bilan bog‘liq xatolarni kamaytirishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud holat va aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma hamda topshiriqlar berildi. Belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, ta’mirlash ishlarida texnologik intizomga qat’iy rioya etish, texnik hujjatlarning to‘g‘ri yuritilishini ta’minlash hamda raqamlashtirish loyihalarining amaliy samaradorligini yanada oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Telegram Channel Preview

Telegram kanalimizga qo'shiling va
qulayliklardan bahramand bo'ling

Hujjat holatlari, tabriklar, eslatmalar va real-time bildirishnomalar — barchasi sizga Telegram kanali orqali o'z vaqtida yetib boradi!