Детали новости
Главная страница Новости Детали новостиHarakat xavfsizligi kuni
Joriy yilning 15-iyul kuni “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali rahbari M.X. Mirzayev tomonidan Qarshi lokomotiv deposida depo xodimlari va lokomotiv brigadalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Mazkur uchrashuv “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, poyezdlar harakati xavfsizligini yanada mustahkamlash, lokomotivlardan samarali foydalanish hamda lokomotiv brigadalari bilan ochiq muloqot qilish maqsadida tashkil etildi. Uchrashuv davomida lokomotivlar ekspluatatsiyasi, texnik xizmat ko‘rsatish sifati, harakat xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish, mehnat va ishlab chiqarish intizomini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yig‘ilish jarayonida korrupsiyaga oid holatlarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat intizomini mustahkamlash hamda har bir xodimning shaxsiy mas’uliyatini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi hamda ishchi-xodimlarning savol, taklif va murojaatlari tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda ish jarayonlarini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Depo ta’mirlash sexlarida amalga oshirilayotgan ishlar, ehtiyot qismlar bilan ta’minlanganlik holati, mehnat sharoitlari hamda ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligi ham batafsil o‘rganildi.
Присоединяйтесь к нашему Telegram-каналу и
воспользуйтесь удобствами
Статусы документов, поздравления, напоминания и уведомления в реальном времени - все это будет приходить вам вовремя через Telegram-канал!
UZ
EN