Детали новости
Главная страница Новости Детали новостиQashqadaryo viloyat hokimligi temir yo'l uchastkasida o'rganishlar olib bordi
Joriy yilning 15-iyul kuni Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov viloyat hududidan o‘tuvchi Qarshi–Ayritom temir yo‘l uchastkasida o‘rganish ishlarini amalga oshirdi. O‘rganish jarayonida "Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli" filiali rahbari M.X. Mirzayev hamda viloyat hokimligining ishchi guruhi ishtirok etib, temir yo‘l bo‘yi hududlarining sanitariya holati, obodonlashtirish ishlari va infratuzilmaning estetik ko‘rinishi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, temir yo‘l bo‘yida joylashgan xonadonlar, ishlab chiqarish va ijtimoiy obyektlar atrofini yanada obodonlashtirish, hududlarni ozoda saqlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish maqsadida daraxt va manzarali ko‘chatlar ekish ishlarini jadallashtirish yuzasidan tegishli mutasaddilarga zarur topshiriq va tavsiyalar berildi.
Присоединяйтесь к нашему Telegram-каналу и
воспользуйтесь удобствами
Статусы документов, поздравления, напоминания и уведомления в реальном времени - все это будет приходить вам вовремя через Telegram-канал!
UZ
EN