Детали новости
Главная страница Новости Детали новостиQarshi – Maroqand temir yo‘l uchastkasida nazorat ishlari olib borildi
Joriy yilning 16-iyul kuni "Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli" filiali rahbari M.X. Mirzayev hamda tegishli korxona rahbarlari tomonidan harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida Qarshi - Maroqand temir yo'l uchastkasi 126-diagnostika laboratoriya vagonida kuzatib o'tildi. Kuzatuv davomida inshoot va qurilmalarning soz saqlanishi, lokomotiv, vagon, yo'l, elektr ta'minot, signallashtirish va aloqa xo'jaligidagi kamchiliklar aniqlanib va ularni bartaraf etish bo'yicha chora-tadbirlar belgilab olindi. Shuningdek, Olato'n, Ulus va Neko'z stansiyalarida temir yo‘l izlari, strelkali o‘tkazgichlar, svetoforlar hamda texnik hujjatlarning yuritilish holati batafsil o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan filial rahbari tomonidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Присоединяйтесь к нашему Telegram-каналу и
воспользуйтесь удобствами
Статусы документов, поздравления, напоминания и уведомления в реальном времени - все это будет приходить вам вовремя через Telegram-канал!
UZ
EN