Детали новости
Главная страница Новости Детали новостиTanxoz-Kitob temir yo'l stansiyalari oralig'ida texnologik “OKNO” olib borildi
“O‘zbekiston temir yo’llari” AJ bosh muhandisi Sh.T. Kadirovning 210-YH-sonli farmoyish ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 30-iyul kuni Tanxoz-Kitob temir yo'l stansiyalari oralig'ining 109-kilometri 8-piketida, yuqori tezlikdagi yo’lovchi poyezdlar harakatlanuvchi temir yo’l uchastkalarida mahalliy aholi va chorva mollari temir yo’llarini xavfsiz kesib o’tishi maqsadida, 2,3x2,0 metr o’lchamdagi temir beton tunnel qurish ishlari amalga oshirildi. Mazkur ishlar belgilangan tartibda, amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar hamda texnik talablar asosida bajarildi. Texnologik “OKNO” jarayonlarining sifatli va xavfsiz olib borilishini ta’minlash, shuningdek, ishlarni belgilangan tartibda bajarilishini nazorat qilish maqsadida "Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli" filiali boshlig‘i o’rinbosari A.A. Saitmuratov tomonidan nazoratga olindi. Nazorat jarayonida bajarilayotgan ishlarning texnologik ketma-ketligi, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi, ishchi kuchi va maxsus texnikalardan samarali foydalanish holati o‘rganildi hamda mas’ul xodimlarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Последние новости
Присоединяйтесь к нашему Telegram-каналу и
воспользуйтесь удобствами
Статусы документов, поздравления, напоминания и уведомления в реальном времени - все это будет приходить вам вовремя через Telegram-канал!
UZ
EN