Select language
Appearance and Weather
VIEW
Weather - Qarshi
--°C
Loading...
Humidity: --%
Wind: -- m/s
Last update: now
Subscribe

News Details

Home News News Details

Oqrabot-Qarshi temir yo‘l uchastkasida keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borildi

Joriy yilning 21-may kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi Z.G'.Narzullayev boshchiligida hamda soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tomonidan Oqrabot – Qarshi temir yo‘l uchastkasida keng qamrovli o‘rganish va tahlil ishlari olib borildi. Mazkur uchastka o‘zining tog‘li relyefi, murakkab muhandislik inshootlari va ko‘plab texnik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Shu boisdan, bu yo‘nalishda yuqori tezlikda harakatlanadigan zamonaviy elektropoyezdlarni qatnovga chiqarish imkoniyatlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Ishchi guruh tomonidan yo‘l profili, ko‘priklar, elektrlashtirish tizimi, signalizatsiya va aloqa vositalari holati, shuningdek, temir yo‘l infratuzilmasining umumiy texnik tayyorgarlik darajasi batafsil ko‘zdan kechirildi. Ushbu tahlillar asosida, tog‘li hudud sharoitida yuqori tezlikda poyezd harakatini tashkil etish uchun zarur modernizatsiya, mustahkamlash va qayta jihozlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi rejalashtirildi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan bunday izlanishlar va yangilanishlar mamlakatimizda temir yo‘l transporti infratuzilmasini zamonaviylashtirish, xalqaro standartlarga mos darajaga yetkazish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.

Telegram Channel Preview

Join our Telegram channel and
enjoy the benefits

Document statuses, congratulations, reminders and real-time notifications - all delivered to you promptly via Telegram channel!