Yangilik tafsiloti
Bosh sahifa Yangiliklar Yangilik tafsilotiFuqarolar bilan ochiq muloqot — adolatli yechimlar sari muhim qadam
Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolarini eshitish va joyida qonuniy yechim topish maqsadida, 2026-yil 5-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori o‘rinbosari D.Q. Raxmatullayev tomonidan Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli filialida sayyor qabul tashkil etildi. 📍Sayyor qabulda: Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali va unga bo‘ysunuvchi tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar; Soha faxriylari — temir yo‘l tizimidan nafaqaga chiqqan fuqarolar; Mahalliy aholining vakillari faol ishtirok etishdi. 🔎Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli yo‘nalishlarda murojaatlar bildirildi. Ularning ayrimlari joyida ko‘rib chiqilib, qonuniy yechimlar topildi. Shuningdek: Har bir murojaat bo‘yicha mutaxassislar ishtirokida huquqiy tushuntirishlar berildi; Ayrim muammolarni zudlik bilan hal etish uchun joyida chora-tadbirlar ko‘rildi; Fuqarolarning murojaatlari e’tiborsiz qoldirilmadi va ularni rasmiy tartibda ko‘rib chiqish uchun nazoratga olindi. 📌 Tadbir yakunida, aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi, mavjud kamchiliklar yuzasidan choralar belgilandi.
Telegram kanalimizga qo'shiling va
qulayliklardan bahramand bo'ling
Hujjat holatlari, tabriklar, eslatmalar va real-time bildirishnomalar — barchasi sizga Telegram kanali orqali o'z vaqtida yetib boradi!
RU
EN