Tilni tanlash
Ko'rinish va Ob-havo
KO'RINISH
Ob-havo - Qarshi
--°C
Yuklanmoqda...
Namlik: --%
Shamol: -- m/s
So'nggi yangilanish: hozir
Biz bilan bog'lanish
Obuna bo'ling

Yangilik tafsiloti

Bosh sahifa Yangiliklar Yangilik tafsiloti

Qarshi–Qashqadaryo temir yo‘l uchastkasida o'rganishlar amalga oshirildi

2026-yil 26-oktabr kuni Qarshi MTU filiali rahbari M.X. Mirzayev boshchiligida hamda tegishli xodimlar birgalikda VMT-980 avtodrezina kabinasida Qarshi–Qashqadaryo temir yo‘l uchastkasi bo‘ylab amaliy o‘rganish ishlari olib borildi. Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad temir yo‘l infratuzilmasining joriy holatini o‘rganish, stansiyalarda xizmat jarayonlarining to‘g‘ri tashkil etilganligini baholash, xodimlarning mehnat va xizmat intizomiga rioya etishini nazorat qilish, shuningdek, korxonalar hududida tozalik, ozodalik va obodonlashtirish ishlarini yanada takomillashtirishdan iborat bo‘ldi. 🔹 Qashqadaryo stansiyasi xizmat faoliyati o‘rganildi O‘rganish davomida Qashqadaryo stansiyasi navbatchilarining smena davomidagi faoliyati, xizmat vazifalarini bajarish tartibi hamda ish jarayonlarining tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratildi. Stansiya xodimlariga o‘z xizmat vazifalariga mas’uliyat bilan yondashish, belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy rioya qilish, ish jarayonida hushyorlik va intizomni ta’minlash muhimligi tushuntirildi. Shuningdek, stansiya hududining umumiy holati ko‘zdan kechirilib, hududda tozalikni saqlash, mavjud maydonlarni tartibga keltirish, obodonlashtirish ishlarini izchil tashkil etish va ish joylarida namunali sharoit yaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatma hamda tavsiyalar berildi. 🔹 214-sonli yo‘l mashina stansiyasida ishlar holati ko‘zdan kechirildi Shundan so‘ng 214-sonli yo‘l mashina stansiyasida olib borilayotgan ishlar, ishlab chiqarish jarayonlarining tashkil etilishi hamda korxona hududining umumiy holati o‘rganildi. Jumladan, korxona hududida tozalik va tartibni saqlash, obodonlashtirish ishlarini sifatli amalga oshirish, ish joylarini ozoda va saranjom holatda saqlash masalalariga e’tibor qaratildi. Xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda korxona hududida tartib-intizomni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar tushuntirildi.

Telegram Channel Preview

Telegram kanalimizga qo'shiling va
qulayliklardan bahramand bo'ling

Hujjat holatlari, tabriklar, eslatmalar va real-time bildirishnomalar — barchasi sizga Telegram kanali orqali o'z vaqtida yetib boradi!