Yangilik tafsiloti
Bosh sahifa Yangiliklar Yangilik tafsilotiHarakat xavfsizligi oyligi doirasida
Joriy yilning 3-noyabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi Z.G‘. Narzullayevning 2026-yil 30-oktabrdagi 559-N-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash, “Qarshi MTU” filiali tasarrufidagi temir yo‘l uchastkalarining texnik holatini yaxshilash, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish hamda poyezdlar harakati xavfsizligini yanada mustahkamlash maqsadida nazorat tekshiruvi o‘tkazildi. Tekshiruvda “Qarshi MTU” filiali boshlig‘i M.X. Mirzayev hamda tegishli mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Nazorat tadbirlari yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” yo‘lovchi elektropoyezdi qatnovi amalga oshiriladigan Qashqadaryo–Qarshi stansiyalari oralig‘idagi temir yo‘l uchastkasida piyoda yurish orqali olib borildi. O‘rganishlar davomida temir yo‘l infratuzilmasining texnik holatiga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, temir yo‘l izlari, relslar va shpallarning holati, kontakt tarmog‘i, signalizatsiya va aloqa vositalari, qo‘riqlanadigan temir yo‘l kesishmalari, sun’iy inshootlar, qo‘riqlash postlari hamda panjara to‘siqlari batafsil ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, poyezdlar harakati xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan holatlarni aniqlash, infratuzilma obyektlarining belgilangan talablarga muvofiqligini baholash va mavjud kamchiliklarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Nazorat tekshiruvi yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Har bir vazifa ijrosini belgilangan muddatlarda ta’minlash, temir yo‘l xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash hamda xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
Telegram kanalimizga qo'shiling va
qulayliklardan bahramand bo'ling
Hujjat holatlari, tabriklar, eslatmalar va real-time bildirishnomalar — barchasi sizga Telegram kanali orqali o'z vaqtida yetib boradi!
RU
EN