Yangilik tafsiloti
Bosh sahifa Yangiliklar Yangilik tafsilotiHarakat xavfsizligi kuni
Joriy yilning 4-noyabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining 2026-yil 30-oktabrdagi 559-N-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash, temir yo‘l infratuzilmasining texnik holatini yaxshilash hamda poyezdlar harakati xavfsizligini mustahkamlash maqsadida “Qarshi MTU” filiali tasarrufidagi temir yo‘l uchastkalarida nazorat tekshiruvi o‘tkazildi. Tekshiruvda filial boshlig‘i M.X. Mirzayev va tegishli mas’ul xodimlar ishtirok etdi. Nazorat tekshiruvlari yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdi uchastkasi Qashqadaryo–Neko‘z stansiyalari oralig‘ida piyoda yurib ko'zdan kechirildi. Tekshiruv davomida temir yo‘l izlari, relslar va shpallarning texnik holati, kontakt tarmog‘i, signalizatsiya va aloqa vositalari, qo‘riqlanadigan temir yo‘l kesishmalari, sun’iy inshootlar, qo‘riqlash postlari hamda panjara to‘siqlari batafsil ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, poyezdlar harakati xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillar, infratuzilma obyektlarining belgilangan me’yor va talablarga muvofiqligi hamda mavjud kamchiliklarning oldini olish choralari tahlil qilindi.
Telegram kanalimizga qo'shiling va
qulayliklardan bahramand bo'ling
Hujjat holatlari, tabriklar, eslatmalar va real-time bildirishnomalar — barchasi sizga Telegram kanali orqali o'z vaqtida yetib boradi!
RU
EN