Koson va Qarshi stansiyasiga nazorat safari uyushtirildi.

Joriy yilning 19 aprel kuni "Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli" filiali rahbari Koson hamda Qarshi stansiyasida Harakat xavfsizligini ta'minlash va Bahorgi ko'rik oldidan bajarilgan ishlar yuzasidan nazorat tekshiruvi uyushtirdi.

Tekshiruv davomida stansiyadagi temir yo'llar, strelkali o'tkazgichlar, elektr tarmoqlari, svetoforlar va texnik hujjatlarni yuritish holati birma-bir koʻzdan kechirildi, shuningdek, Qashqadaryo temir yo'l filiali 9-sonli bo'linmasi ishchi-xodimlar ish faoliyati, ma'muriy bino, sklad va dam olish xonalari ko'zdan kechirildi.

Shuningdek, joylarlarda amalga oshirilayotgan ishlar, ishchilarga yaratilayotgan shart - sharoitlar o'rganildi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to'grisida uzel boshlig'i tomonidan tegishli ko'rsatmalar berildi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot