Harakat xavfsizligi kuni.

Joriy yil 24 - aprel sanasida Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli filiali rahbari tomonidan harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida Qarshi - Buxoro shaharlararo yo'lovchi poyezdi UzTE16M3-034 teplovoz kabinasida Qarshi - Muborak bekatlar oralig'i kuzatib o'tildi.

Kuzatuv davomida teplovoz hamda manyovr teplovoz brigadasining harakat xavfsizligi talablariga rioya qilgan holda o'z ish faoliyatini olib borishlari, teplovoz estetik va texnik holati ko'rib chiqildi.

Shuningdek, Muborak va Mashal stansiyalaridagi temir yo'llar, strelkali o'tkazgichlar, svetoforlar va texnik hujjatlarni yuritish holatini birma-bir koʻzdan kechirildi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo'yicha uzel boshlig'i tomonidan tegishli ko'rsatmalar berildi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot