Harakat xavfsizligi kuni.

Bugun, 2024-yil 5-iyun kuni "Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli" filialiga qarashli Qarshi lokomotiv depo filialida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi tomonidan berilgan topshiriqlarning ijrosini taʼminlash hamda harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilishda Qarshi MTU filiali boshlig'i, Harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi nazorati departamentining Qarshi MTU bo'yicha bosh noziri, Yagona dispetcherlik markazi boshlig'i o'rinbosari, Qarshi Lokomotiv depo filiali boshlig'i, Qarshi MTUga qarashli rahbar xodimlari, lokomotiv deposi xodimlari va lokomotiv brigadalari qatnashdilar.

Harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida kelib chiqqan nuqsonlar va ularning yechimlari to'g'risida takliflar, savollar eshitildi. O'zaro kelishuv asosida ishlarni olib borish muammolarni bartaraf etish bo'yicha topshiriqlar berildi. Lokomotiv brigadalariga hushyorlikni yanada oshirish ishga bo'lgan mas'uliyatni his etish tayinlandi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot