O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurorining Uzel tarkibidagi korxonalarga tashrifi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori boshchiligida "O'zbekiston temir yo'llari” AJ boshqaruv raisi o'rinbosari, “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali rahbariyati bilan birgalikda 2024 yil 20 - iyun kuni Qarshi lokomotiv depo filiali hamda Qarshi vagon depo filialida amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish maqsadida tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida depo xodimlariga yaratilgan imkoniyatlar, sohani modernizatsiyalashtirish hamda xodimlarining ish faoliyatini yaxshilashda zamonaviy axborot kommunikatsiya vositalari joriy etilganligi, barcha jarayonlarni avtomatlashtirish, inson omilini kamaytirish yuzasidan ishlar samarasi soha vakillari ishtirokida ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari Transport prokurori depo hududida temir yo'lning raqamlashtirish sohasini yanada rivojlantirish maqsadida "Innovatsion markaz" foydalanib kelinayotganini alohida e'tirof etib o'tdi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot