Markazlashgan 1S dasturini o‘rnatish va ishga tushirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

«O’zbekiston temir yo’llari» AJ boshqaruv raisi Z.G‘.Narzullayevning topshirig‘iga asosan kompaniya moliyaviy hisobotlarini yuritishning markazlashgan yangi versiyadagi 1S dasturiga o‘tkazish bo‘yicha Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli filialida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Dastlab Qarshi MTU filiali tarkibidagi korxonalar buxgalteriya ma’lumotlari yangi versiyadagi markazlashgan 1S 8.3. dasturiga kiritildi. Bugun, 2024 yil 20 - iyun kuni Qarshi MTU filialida barcha korxonalar buxgalter xodimlari uchun kompyuterlar bilan jihozlangan maxsus joy tashkil etilib, barcha korxonalarning ma’lumotlarini kiritish va bir vaqtning o‘zida yangi 1S dasturini o‘rganish imkoniyati yaratildi.Kelajakda ushbu dasturda korxonalar iqtisodchilari, ish xaqi muhandislari va xodimlar bo‘limi ishchilari ishlashi rejalashtirilmoqda.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot