Nishon stansiyasiga nazorat safari uyushtirildi.

Bugun, 2024 yil 27 iyun kuni "Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli" filiali rahbari Nishon stansiyasida harakat xavfsizligini ta'minlash hamda berilgan topshiriqlar ijrosini tekshirish yuzasidan nazorat tekshiruvi uyushtirdi.

Tekshiruv davomida stansiya toq va juft gorlovinalarida strelkali o'tkazgichlar, elektr qurilmalar, rels va shpallar holati hamda ishchi-xodimlar ish faoliyati, texnik xujjatlar va "Yagona darcha" online platformasining yuritilishi, ma'muriy bino, sklad va dam olish xonalaridagi tozaliklar, ko'zdan kechirildi.

Shuningdek, joylarlarda amalga oshirilayotgan ishlar, ishchilarga yaratilayotgan shart-sharoitlar o'rganildi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to'grisida uzel boshlig'i tomonidan tegishli topshiriqlar berildi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot