Elektr ta'minoti sohasi bo'yicha o'quv seminari o'tkazildi.

2024-yil 9-iyul kuni Qarshi MTU filialining Qarshi elektr ta’minoti filialida MTU bosh muhandisi T.Dj.Xamrayev boshchiligida mehnat muxofazasi sohasida kengaytirilgan o’quv seminari va amaliy mashg’ulot o’tkazildi, unda Uzel tarkibidagi barcha korxona hamda stansiya bosh va mehnat muhofazasi muhandislari, shuningdek, ECH-5 korxonasining barcha EChK va TPS boshliqlari ishtirok etdi. Seminarda temir yo’llarda elektr xavfsizligiga rioya etgan holda ishlash talablari, elektr xavfsizligi plakatlari va ulardan foydalanish, shuningdek birinchi yordam ko’rsatish mavzularida o’quv seminari hamda elektr toki bilan bog’liq uskunalarda foydalaniladigan himoya vositalari va ish qurollarini sinovdan o’tkazish bo’yicha amaliy mashg’ulot o’tkazildi.

Buxoro MTU filiali Samarqand Elektr ta’minoti distansiyasi elektromontyori bilan oqibati o’lim bilan tugagan baxtsiz hodisa tahlil qilinib, bunday holatlarni qaytarilmasligi bo’yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot