“Qarshi MTU” filialiga qarashli temir yoʻl uchastkasida harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida Harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi nazorati departamenti boshlig’i tomonidan nazorat tekshiruvi o‘tkazildi.

Joriy yilning 23-24 iyul kunlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi tegishli buyrug'i ijrosini ta’minlash uchun Harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi nazorati departamenti boshlig’i va MTU rahbariyati birgalikda “Qarshi MTU” filialiga qarashli temir yoʻl uchastkalarida harakat xavfsizligini taʼminlash, kelib chiqishi mumkin boʻlgan nosozliklarni oldini olish, shuningdek infratuzilma holatini yaxshilashga qaratilgan choralarni koʻrish maqsadida, nazorat tekshiruvi o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha tegishli takliflar berildi va chora-tadbir rejasi belgilandi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot