Qarshi stansiyasi hamda korxonalarda nazorat tekshiruvi o'tkazildi
Joriy yil 10-fevral kuni “Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli” filiali boshlig'i M.X.Mirzayev boshchiligida tegishli xodimlardan iborat komissiya a'zolari, uzel tarkibidagi barcha korxonalar, xo'jaliklar hamda stansiyalarda ko'rik o'tkazish maqsadida Qarshi stansiyasi, Qarshi lokomotiv deposi filiali, Qarshi temir yo'l masofasi filiali, Qarshi signallashtirish va aloqa masofasi filiali hamda Qarshi elektr ta'minoti masofasi filialida nazorat tekshiruvi o'tkazildi.
Tekshiruv davomida mehnat intizomiga rioya qilinishi, inshoot va qurilmalarning soz saqlanishi, ish texnologiyasining bajarilishi, shuningdek mehnat muhofazasini kafolatlovchi zarur bo'lgan choralarni ko'rish, harakat xavfsizligi talablarining bajarilishi bo'yicha profilaktik ishlarning olib borilishi, lokomotiv, vagon, yo'l, elektr ta'minot, signallashtirish va aloqa xo'jaligidagi kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo'yicha ishlar amalga oshirildi. Shuningdek, ishchi-xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, ovqatlanish xonalari, dam olish xonalari, o'quv mashg'ulot xonalari holati o'rganildi.
Korxonalar ta’mirlash sexlari, ish jarayonlari, elektr qurilmalari, texnik hujjatlarni yuritish holati, tizimni raqamlashtirish maqasadida foydalanib kelinayotgan loyihalar birma-bir koʻzdan kechirildi.


















