HARAKAT XAVFSIZLIGI KUNI

HARAKAT XAVFSIZLIGI KUNI 

Joriy yilning 12-fevral kuni "Qarshi MTU" filiali rahbari M.X.Mirzayev “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi tomonidan tasdiqlangan 1-N sonli harakat xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari to'g'risidagi buyruq ijrosini ta'minlash, ishchi xodimlar bilan suhbatlashish, korxonada olib borilayotgan ishlarni ko'zdan kechirish maqsadida Qashqadaryo temir yo’l masofasi filiali va 214-sonli Qashqadaryo yo'l stansiyasi filialiga nazorat tekshiruvi uyushtirdi.

Tekshiruv davomida korxonalarda texnik xujjatlar yuritilishi, elektr qurilmalar holati, ta'mirlash sexlari, ma'muriy bino, sklad va dam olish xonalari ko'zdan kechirildi, ishchilarga yaratilayotgan shart-sharoitlar o'rganildi.

Yo'l xojaligi sohasida tizimni raqamlashtirish maqsadida yaratilgan "Railway observer" platformasi foydalanish jarayoni kuzatildi va Uzel rahbari tomonidan kerakli ko'rsatmalar berib o'tildi.

news photot news photot news photot news photot