Rahbar va yoshlar uchrashuvi

✅“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ Qarshi mintaqaviy temir yoʻl uzeli filiali boshligʻi M.X. Mirzayev ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Qarshi MTU Hududiy Kasaba uyushma qoʻmitasi raisi S.B. Qurbonov, MTU boshliq oʻrinbosari A.A.Saitmuratov, korxona va tashkilotlar rahbarlari, MTU boʻlim boshliqlari, xodimlar boʻlimi boshliqlari, kasaba uyushma qoʻmitasi raislari hamda barcha stansiya boshliqlari va stansiya xodimlari ZOOM orqali ishtirok etdilar.

✅Tadbirda MTU boshligʻi M.X. Mirzayev tomonidan 2024-yil davomida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, joriy yilda bu yoʻnalishni yanada rivojlantirish bo‘yicha taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Shu bilan birga, korxona va tashkilotlarning yoshlar yetakchilari faoliyati tanqidiy-tahliliy koʻrib chiqilib, ularning ish samaradorligini oshirish maqsadida tegishli qarorlar qabul qilindi.

✅Uchrashuvda yoshlarning kasbiy rivoji va yetakchilik qobiliyatlarini shakllantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Korxona, tashkilot va stansiya rahbarlariga yoshlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda ularni kelajakda yetakchi kadrlar sifatida tarbiyalashga doir tizimli ishlarni tashkil etish topshirildi.

✅Tadbir davomida MTU ma’muriyati va stansiyalar yoshlar yetakchisi saylovi oʻtkazilib, ovoz berish natijalarga koʻra MTU kotibiyat boʻlimi referenti Ulugʻbek Abdiyev yoshlar yetakchisi etib saylandi.

✅Uchrashuv ochiq muloqot shaklida davom ettirilib, yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglandi hamda ularni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

✅Tadbir yakunida Qarshi MTU Hududiy Kasaba uyushma qoʻmitasi raisi S.B. Qurbonov va Qarshi elektr ta’minoti masofasi filiali boshligʻi Gʻ.B.Parmonov so‘zga chiqib, yoshlar bilan oʻz hayotiy tajribalari, fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot