Qarshi lokomotiv deposi filialiga nazorat tekshiruvi uyushtirildi
Joriy yilning 24-fevral kuni Qarshi MTU filiali boshlig'i M.X.Mirzayev hamda tegishli mas'ullar bilan birgalikda "O'zbekiston temir yo'llari" AJ boshqaruv raisi topshirig'iga asosan Qarshi lokomotiv deposi filialiga nazorat tekshiruvi uyushtirildi.
Tekshiruv davomida depo omborxonalarida mavjud ehtiyot qismlar va avariya zaxira materiallari birma-bir ko'zdan kechirildi, shuningdek, Uzel rahbari depo mas'ul xodimlariga omborxonalardagi barcha ehtiyot qismlarini qisqa muddat ichida qaytadan xatlovdan o'tkazishni topshirdi.





