Harakat xavfsizligi kuni
Joriy yilning 26-fevral kuni "Qarshi MTU" filiali rahbari M.X.Mirzayev tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi tomonidan tasdiqlangan 1-N sonli harakat xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari to'g'risidagi buyruq ijrosini ta'minlash, ishchi xodimlar bilan suhbatlashish, korxonada olib borilayotgan ishlarni ko'zdan kechirish maqsadida Qarshi lokomotiv deposiga nazorat safari uyushtirildi.
Lokomotiv brigadalari bilan suhbatlashish davomida vagonlarni turib qolishini oldini olish, tibbiy ko'rik o'tilish tartibi, elektron marshrut, lokomotivlar ekspluatatsiyasi va ularga texnik xizmat ko'rsatish, lokomotiv brigadalariga smena vaqtida nuqsonlarga yo'l qo'yilmaslik takidlab o'tildi, shuningdek, ishchi-xodimlar savol va takliflari tinglanib, ularni bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga topshiriqlar berildi.
Korxonada harakat xavfsizligiga rioya etgan holda ishlarni tashkil qilish va infratuzilma holatini yaxshilashga qaratilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash yuzasidan tushuntirishlar berib o'tildi.








