TALABA YOSHLAR BILAN UCHRASHUV

Joriy yilning 4-mart kuni Toshkent davlat transport universitetida tahsil olayotgan talaba yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 2025-yil 10-fevral sanasidagi 27-sonli buyrugʻi hamda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruv raisi oʻrinbosari X.N.Raxmetovning 2025-yil 19-fevral sanasidagi 73-N sonli buyrugʻiga muvofiq o‘tkazildi. Uchrashuvda “TEMIRYOʻLINFRATUZILMA” AJ Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali boshlig‘i M.X. Mirzayev ishtirok etdi.

Mazkur uchrashuv davomida Qarshi MTU filialining Respublika temir yo‘l infratuzilmasidagi o‘rni, uning tarkibidagi korxona va tashkilotlarda xodimlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, korxona yoshlari tomonidan erishilayotgan yutuqlar, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va ishga qabul jarayonida talab etiladigan asosiy mezonlar muhokama qilindi.

Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Talaba yoshlarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularning kelgusidagi kasbiy rivojlanishi uchun muhim tavsiyalar berildi.

Bu kabi uchrashuvlar yoshlarga nafaqat o‘z sohalari bo‘yicha amaliy tushunchalarini kengaytirish, balki kelajakdagi ish faoliyatlariga yo‘l ochish imkonini ham yaratadi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot