HARAKAT XAVFSIZLIGI KUNI

Joriy yilning 5-mart kuni "Qarshi MTU" filiali rahbari M.X.Mirzayev hamda Harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi nazorat departamenti Qarshi MTU filiali boshlig'i B.X. Bekmurodov tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi tomonidan tasdiqlangan 1-N sonli harakat xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari to'g'risidagi buyruq ijrosini ta'minlash, ishchi xodimlar bilan suhbatlashish, korxonada olib borilayotgan ishlarni ko'zdan kechirish maqsadida Qarshi lokomotiv deposiga nazorat safari uyushtirildi.

Uchrashuv davomida lokomotiv brigadalari tomonidan yo'l qo'yilgan kamchilik va xatolar monitorda slayd ko'rinishida qo'yib berilib, har bir kamchilik tahlil qilindi. shu bilan birga, smena vaqtida nuqsonlarga yo'l qo'yilmaslik va harakat xavfsizligiga amal qilish takidlab o'tildi,

Korxonada harakat xavfsizligiga rioya etgan holda ishlarni tashkil qilish va infratuzilma holatini yaxshilashga qaratilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash yuzasidan tushuntirishlar berib o'tildi.

Vagonlarni turib qolishini oldini olish, lokomotivlar ekspluatatsiyasi va ularga texnik xizmat ko'rsatish, shuningdek, ishchi-xodimlar savol va takliflari tinglanib, ularni bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga topshiriqlar berildi.

Elektron marshrut dasturi bo'yicha olib borilayotgan ishlar o'rganilidi, shuningdek, ishchi-xodimlar tomonidan berilgan takliflar tahlil qilinib, dasturchilarga taqdim qilish topshirildi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot