Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot
2024 yil 20-noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida, 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yili deb nomlashni tavsiya qildi.
Davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, havo va suvning ifloslanishi, tuproq erroziyasi, cho‘llanish, qazilma yoqilg‘ilarni behisob ishlatish global isishga, tabiiy ofatlarning ko‘payishiga olib kelmoqda, atrof-muhit va aholi sog‘lig‘iga zarar yetkazmoqda.
Joriy yilning 20 mart kuni Qashqadaryo viloyat hokimligi ishchi guruhi hamda Qarshi MTU rahbariyati tomonidan Qarshi-Maroqand temir yo'l uchastkasi temir yo'l bo'yida o'rganishlar olib borildi.
O'rganishlar davomida shahar va tuman mahalla fuqarolar yig'ini raislariga hududlarda obodonlashtirish hamda ko'kalamzorlashtirish ishlari jadallik bilan olib borilishi yuzasidan topshiriqlar berildi.



