Tadbirkorlar bilan uchrashuv

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruv raisining 1255-N buyrugʻi ijrosini taʼminlash, tadbirkorlar bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va temir yoʻl transportidan foydalanishda qulayliklar yaratish maqsadida, joriy yilning 24-mart kuni “Qarshi MTU” filiali rahbari M.X.Mirzayev hamda "Temiryo'lkargo" AJ vakillari birgalikda viloyat hududidagi "ASIAN GOLDEN OIL" MChJ tadbirkor bilan uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuvda "ASIAN GOLDEN OIL" MChJ tadbirkori tomonidan qo'shnimiz Afg'onistonga iste'mol yog'i, un va sement mahsulotlarini temir yo'l orqali eksport qilinishi muhokama qilinib, muammo va takliflar tinglandi.

news photot news photot news photot news photot news photot