Qarshi-Gumbaz temir yo'l uchastkasi nazorat tekshiruvidan o'tkazildi

Joriy yil 8-aprel kuni Qarshi transport prokurori A.Q. G'aniyev, Qashqadaryo viloyati Transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi boshlig'i A.A. Omonov“ hamda Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli” filiali boshlig'i M.X. Mirzayev boshchiligida tegishli xodimlardan iborat komissiya a'zolari, Qarshi - Gumbaz temir yo'l uchastkasini VMT-980 avtodrezinasida kuzatib o'tildi.

Tekshiruv davomida har bir stansiyada to'xtab quyidagilarga e'tibor berildi: Mehnat intizomiga rioya qilinishi, inshoot va qurilmalarning soz saqlanishi, ish texnologiyasining bajarilishi, shuningdek mehnat muhofazasini kafolatlovchi zarur bo'lgan choralarni ko'rish, harakat xavfsizligi talablarining bajarilishi bo'yicha profilaktik ishlarning olib borilishi, lokomotiv, vagon, yo'l, elektr ta'minot, signallashtirish va aloqa xo'jaligidagi kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo'yicha ishlar amalga oshirildi. Shuningdek, ishchi-xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, ovqatlanish xonalari, dam olish xonalari, o'quv mashg'ulot xonalari holati o'rganildi.

Yashil makon loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari hamda ekilgan ko'chatlarning sug'orish ishlari ko'zdan kechirildi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot