Harakat xavfsizligi kuni

Joriy yilning 9-aprel kuni "Qarshi MTU" filiali rahbari M.X.Mirzayev “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi tomonidan tasdiqlangan 1-N sonli harakat xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari to'g'risidagi buyruq ijrosini ta'minlash, ishchi xodimlar bilan suhbatlashish, korxonada olib borilayotgan ishlarni ko'zdan kechirish maqsadida Qarshi lokomotiv deposiga nazorat safari uyushtirildi.

Korxonada harakat xavfsizligiga rioya etgan holda ishlarni tashkil qilish va infratuzilma holatini yaxshilashga qaratilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan o'rganishlar olib borildi. Depo ta'mirlash sexlarida olib borilayotgan ishlar, TEM2-7087 manyovr teplovozi ta'mir jarayoni ko'zdan kechirildi. ishchi-xodimlarga yaratilgan qulayliklar va shart-sharoitlar o'rganib chiqildi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot