Qashqadaryo va Alatun stansiyalari tekshirildi
Joriy yilning 11-aprel kuni "Qarshi MTU" filiali rahbari M.X.Mirzayev tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi tomonidan tasdiqlangan 1-N sonli harakat xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari to'g'risidagi buyruq ijrosini ta'minlash, ishchi xodimlar bilan suhbatlashish hamda bahorgi ko'rik oldidan berilgan topshiriqlar ijrosini ko'zdan kechirish maqsadida Qashqadaryo va Alatun stansiyasiga nazorat tekshiruvi uyushtirildi.
Tekshiruv davomida stansiya navbatchisi ish faoliyati, texnik xujjatlar yuritilishi, ma'muriy bino, sklad va dam olish xonalari, ko'zdan kechirildi, shuningdek, strelkali o'tkazgichlar, elektr qurilmalar, rels va shpallar, elektr xo'jaligi va aloqa xo'jaligi qurilmalari holati ko'rib chiqildi.
Stansiya hududida tashkil etilayotgan ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari hamda mevali va manzarali ko'chatlar sug'orish jarayoni ko'zdan kechirildi.








