HARAKAT XAVFSIZLIGI KUNI
HARAKAT XAVFSIZLIGI KUNI (https://t.me/rjukarshi)
Joriy yilning 11 - iyun kuni "Qarshi MTU" filiali rahbari M.X.Mirzayev tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining 1-N sonli harakat xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari to'g'risidagi buyruq ijrosini ta'minlash, ishchi xodimlar bilan suhbatlashish, korxonada olib borilayotgan ishlarni ko'zdan kechirish maqsadida Qarshi lokomotiv deposiga nazorat safari uyushtirildi.
Uchrashuv davomida lokomotiv brigadalari tomonidan yo'l qo'yilgan kamchilik va xatolar tahlil qilindi. shu bilan birga, smena vaqtida nuqsonlarga yo'l qo'yilmaslik va harakat xavfsizligiga amal qilish takidlab o'tildi,
Korxonada harakat xavfsizligiga rioya etgan holda ishlarni tashkil qilish va infratuzilma holatini yaxshilashga qaratilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash yuzasidan tushuntirishlar berib o'tildi.
Vagonlarni turib qolishini oldini olish, lokomotivlar ekspluatatsiyasi va ularga texnik xizmat ko'rsatish, shuningdek, ishchi-xodimlar savol va takliflari tinglanib, ularni bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga topshiriqlar berildi.
Elektron marshrut dasturi bo'yicha olib borilayotgan ishlar ko'zdan kechirildi, shuningdek, ishchi-xodimlar tomonidan berilgan takliflar tinglanib, tahlil qilindi.








