Tadbirkorlar bilan uchrashuv

✅Joriy yilning 1 - iyul kuni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruv raisining 1255-N buyrugʻi ijrosini taʼminlash va tadbirkorlar bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va temir yoʻl transportidan foydalanishda qulayliklar yaratish maqsadida, “Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli” filiali rahbari M.X.Mirzayev tegishli xodimlar bilan birgalikda "DUNYO-M" AJ tadbirkorlar bilan uchrashuv o'tkazdi.

🤝Uchrashuv davomida tadbirkorning un mahsulotini import qilish masalalari, tadbirkorlarga qulayliklar yaratish masalalari muhokama qilindi. Yuk  ortishda yuzaga keladigan muammolar hamda takliflar o'zaro kelishib olindi.

🔍Qashqadaryo stansiyasida olib borilayotgan ishlar, texnik xujjatlar yuritilishi o'rganildi hamda stansiya ishchi-xodimlari bilan suhbat olib borildi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot