Texnologik “OKNO” ishlari amalga oshirildi

"Temiryo'linfratuzilma" AJ bosh muhandisi S.S. Asrorovning tegishli farmoyishiga asosan, joriy yilning 4-iyul kuni Dehqonobod–Qoradaxna stansiyalari oraligʻidagi 76-km 5-piketda vaqtinchalik strelkali oʻtkazgichni bruslari bilan birgalikda motovoz yordamida oʻrnatish ishlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Mazkur texnologik jarayon texnologik “OKNO” ajratilgan holda bajarildi hamda temir yoʻl infratuzilmasining xavfsiz va uzluksiz ishlashiga qaratilgan muhim texnik tadbir sifatida xizmat qiladi.

Ishlar yuqori aniqlik va xavfsizlik talablariga muvofiq olib borildi.

news photot news photot news photot news photot