Maroqand-Qarshi-Oqrabot temir yo'l uchastkasi 126-diagnostika laboratoriya vagonida kuzatib o'tildi
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ bosh muhandisi Sh.T. Kadirovning 2025-yil 26-iyun kunidagi 416-NZ-sonli "Temiryo'linfratuzilma AJ Qarshi-Termiz temir yo'l uchastkalarida infratuzilma holatini tekshirish bo'yicha" buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida, joriy yilning 8-9-iyul kunlari "O'zbekiston temir yo'llari" AJ harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi nazorat departamenti boshlig‘i O.K. Karshiyev hamda Qarshi MTU filiali rahbariyati tomonidan Maroqand-Qarshi-Oqrabot temir yo'l uchastkasi 126-diagnostika laboratoriya vagonida kuzatib o'tildi.
Kuzatuv davomida tog'li hududlarda sel kelish xavfi mavjud joylar o'rganilib, poyezdlar harakat xavfsizligini ta'minlash borasida zaruriy qarorlar qabul qilindi, shuningdek, inshoot va qurilmalarning soz saqlanishi, lokomotiv, vagon, yo'l, elektr ta'minot, signallashtirish va aloqa xo'jaligidagi kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo'yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.





