Dehqonobod-Qoradaxna stansiyalar oralig'ida texnologik "OKNO" ishlari olib borildi

"Temiryo'linfratuzilma" AJ bosh muhandisi S.S. Asrorovning 345-JDS-son farmoyishiga asosan joriy yilning 23-iyul kuni Dehqonobod-Qoradaxna stansiyalari oralig'ining 76 km 5 piketidan 77 km 4 piketigacha vaqtinchalik aylanma temir yo'l izlarini yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ushbu texnologik "OKNO" ishlarini sifatli va belgilangan tartibda bajarilishini nazorat qilish maqsadida Qarshi MTU boshlig'i M.X. Mirzayev tomonidan ish joyiga nazorat safari uyushtirildi.

Temir yo‘l infratuzilmasini yangilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan bu kabi texnik tadbirlar harakat xavfsizligini ta’minlash, yuk va yo‘lovchi tashishni yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

news photot news photot news photot news photot news photot