Qarshi-Gumbaz temir yo‘l uchatskazida kuzgi ko‘rik amalga oshirildi

2025-yil 2-sentabr kuni “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filialida kuzgi mavsum oldidan an’anaviy ko‘rik ishlari boshlandi. Tadbir filial boshlig‘i M.X. Mirzayev rahbarligida, uzel tarkibidagi barcha xo‘jaliklar, korxonalar va stansiyalar mutasaddilari ishtirokida Qarshi–Gumbaz temir yo‘l uchastkasida o‘tkazildi.

Mazkur ko‘rikning asosiy maqsadi — temir yo‘l tizimida kuzgi-qishki mavsumda uzluksiz va xavfsiz harakatni ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etishdir. Tekshiruv davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

🔘Ishchi-xodimlarning mehnat intizomiga rioya qilishi va xizmat vazifalarini bajarishi,

🔘Temir yo‘l inshootlari hamda texnik qurilmalarning soz holatda saqlanishi,

🔘Texnologik jarayonlarning to‘liq va sifatli bajarilishi,

🔘Mehnat muhofazasi hamda xavfsizlik talablarining qat’iy nazorat qilinishi,

🔘Lokomotiv, vagon, yo‘l xo‘jaligi, elektr ta’minoti, signallashtirish va aloqa tizimidagi mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish.

Shuningdek, profilaktik ishlar doirasida harakat xavfsizligini kafolatlashga xizmat qiluvchi texnik vositalarning ishlash samaradorligi ko‘zdan kechirildi, mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

🚅 O‘tkazilgan kuzgi ko‘rik poyezdlar harakati xavfsizligi, ishlab chiqarish samaradorligi hamda temir yo‘l tizimida barqaror faoliyatni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot