Yangilik tafsiloti
Bosh sahifa Yangiliklar Yangilik tafsilotiQARSHI TEMIR YO‘L SHIFOXONASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Joriy yilning 13-oktabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi topshirig'i ijrosini ta'minlash yuzasidan "Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli" filiali boshlig'i M.X.Mirzayev tomonidan Qarshi temir yo‘l shifoxonasi faoliyati o'rganildi. O'rganishlar davomida shifoxonada yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, zamonaviy tibbiy uskunalardan foydalanish darajasi hamda tibbiyot xodimlarining kasbiy salohiyati atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, bemorlarga qulay va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish, temir yo‘l xodimlari hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish, shifoxona hududini obodonlashtirish hamda gul-ko'chatlar ekish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Telegram kanalimizga qo'shiling va
qulayliklardan bahramand bo'ling
Hujjat holatlari, tabriklar, eslatmalar va real-time bildirishnomalar — barchasi sizga Telegram kanali orqali o'z vaqtida yetib boradi!
RU
EN