Qarshi-Muborak temir yo'l uchastkasida nazorat tekshiruvi o'tkazildi
Joriy yil 27-mart kuni “Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli” filiali rahbari M.X.Mirzayev hamda tegishli xodimlar bilan birgalikda Qarshi-Muborak temir yo'l uchastkasini 126-diagnostika laboratoriya vagonida kuzatib o'tildi.
Kuzatuv davomida inshoot va qurilmalarning soz saqlanishi, lokomotiv, vagon, yo'l, elektr ta'minot, signallashtirish va aloqa xo'jaligidagi kamchiliklar aniqlanib va ularni bartaraf etish bo'yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shu bilan birga Muborak hamda Koson stansiyalarida bahorgi ko'rikka tayyorgarlik va berilgan topshiriqlar bajarilishi tekshirib o'tildi.







