Qarshi-Muborak temir yo'l uchastkasida nazorat tekshiruvi o'tkazildi

Joriy yil 27-mart kuni “Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli” filiali rahbari M.X.Mirzayev hamda tegishli xodimlar bilan birgalikda Qarshi-Muborak temir yo'l uchastkasini 126-diagnostika laboratoriya  vagonida kuzatib o'tildi.

Kuzatuv davomida inshoot va qurilmalarning soz saqlanishi, lokomotiv, vagon, yo'l, elektr ta'minot, signallashtirish va aloqa xo'jaligidagi kamchiliklar aniqlanib va ularni bartaraf etish bo'yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shu bilan birga Muborak hamda Koson stansiyalarida bahorgi ko'rikka tayyorgarlik va berilgan topshiriqlar bajarilishi tekshirib o'tildi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot