Tantanali kuzatuv marosimi.

news photot

2022-yilning 14-oktabrida “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK boshlig‘i lavozimida ishlagan Norqabilov Sirojiddin Anvarovichni boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan kuzatuv marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK bo‘lim boshliqlari, “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UKga qarashli korxona va tashkilot rahbarlari va barcha xodimlar ishtirok etdilar.

Norqabilov Sirojiddin Anvarovichni samimiy muborakbod etib, “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK da samarali ish faoliyati davomida orttirgan obro‘-e’tibori, korxona rivojiga qo‘shgan hissasi yuzasidan amalga oshirgan ishlari uchun minnatdorchilik bildirildi.

Ma’lumot uchun: Norqabilov Sirojiddin Anvarovich “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisining tegishli buyrug‘i asosida Tashishlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

news photot