Qarshi Lokomotiv deposida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
2022-yil 6-dekabr kuni “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l” UK rahbariyati tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi X.N.Xasilov tomonidan harakat xavfsizligini taʼminlash hamda berilgan topshiriqlarning ijrosini taʼminlash maqsadida Qarshi Lokomotiv deposida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Ushbu ko'rikda korxonada ta’mirlash sexlari, dam olish maskani, xo'jalik, ish jarayonlari, shuningdek, ishchilarga yaratilayotgan shart sharoitlar o'rganildi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to'grisida uzel boshlig'i tomonidan tegishli ko'rsatmalar berildi.