Toshg‘uzor stansiyalarida texnik ko‘rik hamda Toshg‘uzor ECHK da texnik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

news photot

"Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli" UK rahbari M.X.Mirzayev tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi X.N.Xasilov tomonidan berilgan topshiriqlarning ijrosini taʼminlash hamda harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida Toshg‘uzor ECHK, Toshg‘uzor stansiyalarida texnik ko‘rik, “Yashil makon” umummilliy dasturiga asosan qilingan ishlar, isitish qozonxonalari va ishchilarga yaratilgan shart – sharoitlarni o‘rganib chiqib, Toshg‘uzor ECHK da ishchi xodimlari bilan texnik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Tekshiruv davomida temir yo'llar, strelkali o'tkazgichlar, elektr tarmoqlari, svetaforlar, temir yo'l hududlarini qo'riqlash punktlari holati birma-bir koʻzdan kechirildi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo'yicha uzel boshlig'i tomonidan tegishli ko'rsatmalar berildi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot