Hududiy yoshlar yetakchilar Kengashining hisobot-saylovi bo'lib o'tdi.

news photot

2022-yil 22-dekabr kuni "Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli" unitar korxonasi Hududiy yoshlar yetakchilar Kengashi raisi H.Sh.Eshnazarovning boshqa ishga o'tishi munosabati bilan Kengashning hisobot-saylovi bo'lib o'tdi. Tadbirda Hududiy yoshlar yetakchilar Kengashi tomonidan o'tgan yillarda MTU miqyosida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo'yicha bajarilgan ishlar hisoboti eshitildi. Shuningdek, yetakchilar Kengashi raisligiga nomzodlarning saylov oldi dasturlari bilan tanishildi. Saylov natijalariga ko'ra Qarshi aloqa va ishorat muassasasi yoshlar yetakchisi Orziyev Timur Komil o'g'li Hududiy yoshlar yetakchilar Kengashi raisi lavozimiga saylandi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot