4122-kmda joylashgan qo'riqlanadigan temir yo'l kesishmasi, Qarshi Vagon deposi hamda Qarshi Lokomotiv deposida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

news photot

2023-yil 11-yanvar kuni "Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli" UK rahbariyati tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi X.N.Xasilov tomonidan berilgan topshiriqlarning ijrosini taʼminlash hamda harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida nazorat safari uyushtirildi. Safar davomida 4122-kmda joylashgan qo'riqlanadigan temir yo'l kesishmasi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek Qarshi Vagon deposi hamda Qarshi Lokomotiv deposida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Ushbu ko'rikda korxonalarda ta’mirlash sexlari, xo'jalik, ish jarayonlari, shuningdek, ishchilarga yaratilayotgan shart sharoitlar o'rganildi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to'grisida uzel boshlig'i tomonidan tegishli ko'rsatmalar berildi.

news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot news photot