Yakkabog' stansiyasida nazorat safari uyushtirildi.
2023-yil 1-fevral kuni "Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli" UK rahbariyati tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi X.N.Xasilov tomonidan berilgan topshiriqlarning ijrosini taʼminlash hamda harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida Yakkabog' stansiyasida nazorat safari uyushtirildi. Safar davomida stansiyadagi temir yo'llar, strelkali o'tkazgichlar, elektr tarmoqlari, svetoforlar va texnik hujjatlarni yuritish holati birma-bir koʻzdan kechirildi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo'yicha uzel boshlig'i tomonidan tegishli ko'rsatmalar berildi.